Hurmatli hamkorlar, mijozlar, hamkasblar!

«Artum Leasing Group» kompaniyasi o‘z faoliyati davrida o‘zi uchun benuqson nomni yarata oldi va hozir O‘zbekistonning yetakchi lizing kompaniyalari qatoridan o‘rin olgan holda lizing bozorida oldingi pozitsiyalarni egallab kelmoqda. Biznes ko‘lami va lizing portfeli ko‘rsatkichlari yildan-yilga oshib bormoqda, eng quvonarlisi esa doimiy mijozlarimiz soni ortyapti. Bugungi kunda O‘zbekistonning yetakchi kompaniyalari ham, yuzlab kichik va o‘rta biznes korxonalari ham mijozlarimiz hisoblanadi. Kompaniyamiz SINOTRUK (XOVO BRENDI) , CIMC, SANY, CHENG GONG, XCMG zavodlarining O‘zbekiston Respublikasidagi eksklyuziv dileri hisoblanadi. Ushbu zavodlar respublikaning ko‘plab hududlarida o‘z servis markazlariga ega bo‘lib, butun lizing bitimi muddati davomida servis ko‘magini ko‘rsatish uchun javob beradi.

«Artum Leasing Group» kompaniyasida kredit va bozor tavakkallarini boshqarish jarayoni optimallashtirilgan, shuningdek moliyalashtirishni jalb etish bo‘yicha O‘zbekiston banklari va investorlari bilan munosabatlar yo‘lga qo‘yilgan.

Kompaniyaning strategik vazifalari, biz o‘rnatadigan chegara doim yuqori. Ammo natijalarga nazar solar ekanmiz, faoliyatimizning samaradorligini his qilish bundan ham yoqimliroq. Tezkor boshqaruv va strategik rejalashtirish vositalaridan foydalangan holda biz ishonch bilan kelajakka boqamiz va Sizlarga lizing sohasidagi eng yaxshi va eng tezkor xizmatlarni taqdim etishga intilamiz.

Biz bilan birga ekaningiz uchun rahmat! Barchaga muvaffaqiyat tilayman!