«Artum Leasing Group» MCHJ O‘zbekistondagi yetakchi lizing kompaniyasi hisoblanadi.  2008-yildan boshlab «ArtumLeasingGroup» MCHJ respublika lizing xizmatlari bozorining shakllanishida faol ishtirok etmoqda.

Ixtisosligimiz

Kichik va o‘rta biznes sub’ektlari uchun yengil va yuk avtotransportlarini, maxsus va qurilish texnikasini hamda texnologik uskunalarni lizingga taqdim etish.

Afzalliklarimiz

  • Mijozlarga xizmat ko‘rsatish darajasi. Har bir mijozga individual yondashuv, uning biznesini o‘rganish, lizing va moliyalashtirish sohasida konsalting xizmatlarini taqdim etish.
  • Kompaniya lizing bozorida 8 yildan ortiq vaqt davomida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib keladi. Kompaniyamiz bilan ilk bor shartnoma tuzgan mijozlarning ko‘pchiligi bizga takror murojaat qilishadi, bu mijozlarning kompaniyamizga sodiqligidan hamda lizing xizmatlarining sifatidan qoniqish hosil qilayotganidan dalolat beradi.
  • Moliyalashtirish to‘g‘risida tez qaror qabul qilish. Lizingni taqdim etish to‘g‘risidagi qaror har bir mijozga individual yondashuv asosida yuqori malakali ekspertlar tomonidan qabul qilinadi.
  • Minimal hujjatlar paketi.Lizing olish uchun hujjatlar ro‘yxatini bu yerdan yuklab olishingiz mumkin.
  • Qo‘shimcha servislar: sug‘urta, ro‘yxatdan o‘tkazish va boshqalar.
  • Hamkorlar – yetkazib beruvchilar bilan uzoq muddatli munosabatlar hisobidan siz uchun foydali narxlar. Kompaniyamiz SINOTRUK (XOVO BRYeNDI) , CIMC , SANY , CHENGGONG , XCMG zavodlarining O‘zbekiston Respublikasidagi eksklyuziv dileri hisoblanadi. Ular respublikaning ko‘pgina hududlarida o‘z servis markazlariga ega bo‘lib, butun lizing bitimi davrida servis ko‘magini ta’minlaydi.

Lizing xizmatlarini sifatliroq va hamyonboproq qilamiz.

Uzoq muddatli va o‘zaro foydali munosabatlar muvaffaqiyati ishonch va mas’uliyat asosida barpo etilishiga ishonamiz. Lizing dasturlari mijozlarimiz bo‘lgan yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga osonroq va qulayroq bo‘lishi uchun ularni rivojlantirib va takomillashtirib boramiz.

  • Siz ariza qoldirasiz
  • Menejer buyurtmani tasdiqlash uchun siz bilan bog‘lanadi
  • To‘lovlar hisobini tezda jo‘natamiz

«Artum Leasing Group» MCHJ mijozlarga hamkorlik shartlarini taklif etadi: tezkor rasmiylashtirish, arzon narxlar va qo‘shimcha servislar. «Artum Leasing Group» kompaniyasining asosiy afzalliklari – ko‘p yillik tajriba va benuqson obro‘.

Asosiy lizing shartlari:

  • Lizing oluvchi – faqat yuridik shaxs, O‘zbekiston Respublikasi rezidenti.
  • Oldindan to‘lov – lizing obyekti qiymatining 30% dan 50% gacha.
  • Foyiz stavkasi (ortiqcha to‘lov) – yiliga moliyalashtirish summasiga bor-yo‘g‘i 15%.
  • Lizing muddati – 13 oydan 36 oygacha.

Lizing (ingl. leasing — ijara) — mashinalar, uskunalar, transport vositalari yoki ko‘chmas mulkning uzoq muddatli ijarasi bo‘lib, keyinchalik ularning lizing oluvchi tomonidan to‘liq sotib olinishini ko‘zda tutadi.

Lizing shartnomasini rasmiylashtirgandan so‘ng sherik-kompaniya tezda va minimal hujjatlar soni bilan o‘zining biznes-vazifalarini hal etish uchun quyidagi texnikalarni olishi mumkin: yengil, yuk, maxsus va yo‘l-qurilish avtomobillari, vagonlar va tsisternalar, ishlab chiqarish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar, ko‘chmas mulk, dengiz kemalari va samolyotlar.

  • Lizing obyekti lizing oluvchining balansida hisobga olinadi va mulk solig‘ini to‘lashdan ozod etiladi.
  • Jami amortizatsiya summasini soliqqa tortish bazasidan chiqarib tashlagan holda lizing obyektining tezlashtirilgan amortizatsiyasini qo‘llash imkoniyati mavjud.

STATISTIKA

150

Xursand mijoz

2500

Muvaffaqiyatli savdo

100

Xodimlar

120

Dona texnika