«HOWO» markasidagi o‘t o‘chirish mashinasi, «ZZ1257M4647C» modeli

2

Texnik xarakteristikalari

  • Modeli – WD615.92E Yevro 3
  • Gabaritlari U/E/B – 10025/2500/3600 mm
  • Nominal massasi – 8000 kg
  • Bo‘sh holatdagi massasi – 11 550 kg
  • To‘liq holatdagi massasi – 20 000 gk
  • Dvigatel turi – Dizelli (6 tsilindr)
  • Maksimal tezligi – 90 Km/soat
  • Suv uchun mo‘ljallangan bak hajmi – 9000 l
  • Ko‘pik uchun mo‘ljallangan bak hajmi – 3000 l
  • Bosim nasosi – СВ10/60
  • Bosim – 60L:1.0.Мра
  • Kabina modeli – HW 76
  • Yuk ko‘tarish hajmi – 12350 kg


«HOWO» o‘t o‘chirish mashinasi zamonaviy jahon talablariga javob beradi. Bu avtomobil shassisi bazasida yaratilgan tezkor transport vositasi bo‘lib, o‘t o‘chirish-qutqarish ishlarida qo‘llanadigan o‘t o‘chirish va texnika vositalari bilan jihozlangan. O‘t o‘chirish mashinalarining korpusini qizil rangga bo‘yash ko‘zda tutilgan. Tanib olish belgilari va kontrast elementlar uchun esa oq rang belgilangan. Odatda o‘t o‘chirish mashinasi po‘latdan tayyorlangan zinapoya, suv pistoleti, avtonom nafas olish apparati, ko‘chma o‘to‘tchirgich, himoya kiyimidan iborat bo‘ladi.